1 USD = 10,210.00 -7.01
1 EUR = 12,035.56 18.32
1 RUB = 139.14 1.37
1 GBR = 13,331.19 -47.98
1 JPY = 96.35 -0.24
Valyutalar kursi 05.08.2020

ANDROID: Google Play Store minglab zararli ilovalarning manbayi

MUXBIR/
Madinabonu Urinova
14-Iyun, 2020
16:40

Ba’zi ekspertlarning fikriga ko’ra mobil ilovalardagi zararli dasturlarning soni kundan-kunga oshib boryapti. O’tgan yilning dastlabki 3 oyida zararli ilovalarning soni 14,5 mingni tashkil qilgan bo’lsa, 2020 yilning birinchi choragiga kelib ushbu raqam 29 mingni ko’rsatdi.

ANDROID: Google Play Store minglab zararli ilovalarning manbayi

Upstream mutaxassislarining ma'lumotlariga ko'ra ushbu dasturlardan zararlangan Android qurilmalarining soni 11,2 millionni tashkil etdi, bu o'tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 7 foizga ko'p deganidir.

Eng yomon tomoni shundaki, barcha xavfsizlik choralariga qaramay ko'plab zararli dasturlar Google Play do'koniga kirib boradi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, eng mashhur zararli dasturlarning 10 tadan 9 tasi Google bozorida mavjud bo’lgan. Bu shuni anglatadiki, ular xavfsizlik tekshiruvidan o'tib, xavfli deb topilmagan. 2019 yil oxirida 100 ta zararli dasturlarning 30 foizi Google Play’da mavjud deb topildi.

Mutaxassislar yana bitta narsani ham payqadilar - zararli dasturlarning aksariyati bo'sh vaqtni o'tkazish, musiqa tinglash va o'yin o'ynashga imkon beradigan ko'ngilochar tarkiblar toifasiga kiradi. Eng muammoli dastur Snaptube bo’lib, uning yuklab olinish soni 40 milliondan oshdi. Ushbu dastur Google Play’dan o'chirib tashlandi. Ammo u Huawei qurilmalaridagi AppGallery va Xiaomi GetApps do'konida hali ham mavjud.

100 million Android telefonlari Spyware’dan zararlandi

Google Android operatsion tizimining maxfiyligi va xavfsizligini yaxshilash borasida ko’plab ishlarni amalga oshirmoqda. So'nggi versiyada kompaniya o'z foydalanuvchilariga ilova kirishi mumkin bo’lgan bo'lgan manbalarni nazorat qilish imkoniyatini berdi.

Biroq, bunday cheklashlar mavjud bo'lishiga qaramasdan Android tizimida ishga tushirish uchun ko’ narsa talab qilmaydigan ilovalar mavjud. Yaqinda xavfsizlikni to'liq o'rganish natijalariga ko'ra xitoylik dasturchi tomonidan ishlangan ilova Spyware deb topildi  va atigi 100 milliondan ortiq Android qurilmalariga yuqoridagi ilovadab zararlangan deya taxmin qilinmoqda. 

Ushbu fabrikaning xitoylik ishlab chiqaruvchisi - Xanchjou shahridagi QuVideo Inc. U mashhur VivaVideo videolarni tahrirlash dasturiga ega. Ushbu ilova Play Store’da mavjud bo’lib. bepul taqdim etiladi va allaqachon yuklab olishlar soni 100 milliondan ortgan. 

 

Manba: https://www.gizchina.com/2020/06/08/android-google-play-store-is-the-home-of-thousands-of-malicious-apps/

 

52 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
2 0
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
4 0
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
6 0