1 USD = 10,268.00 0.00
1 EUR = 11,984.80 0.00
1 RUB = 133.66 0.00
1 GBR = 13,111.20 0.00
1 JPY = 97.39 0.00
Valyutalar kursi 28.09.2020

Bizning sevimli smartfonimiz - iPhonening asoschisi - Stiv Jobs haqida batafil

MUXBIR/
Hidoyatbek Atabaev
13-Sentabr, 2020
11:18
Stiven Pol Jobs (24-fevral, 1955 — 5-oktabr, 2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. Stiv Jobs ham koʻp ishni bajara oladigan, ham oʻziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni koʻpincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkor deb atashadi.

Biografiyasi

Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni boqib olish uchun berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar esa uni boqib oladi.

Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, Suriyalik musulmon, asl onasi Joanna Simpson esa amerikalik. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunos sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.

2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning bosh direktorli (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi

55 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Googleda ishlovchi ba'zi dasturchilar endi pul topishning boshqa yo'lini topishga majbur bo'lishadi
Google Chrome Extensionlar savdosini to'xtatmoqchi
14 0
Bill Geyts fikricha, hali 2022 yilgacha mazkur pandemiya tugamaydi
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Fox News telekanalida koronavirus qachon tugashini ma'lum qildi
10 0
Motivatsiya haqida siz bilmagan faktlar
Sizni oldinga harakatlantiruvchi kuch - motivatsiya haqida batafsil
43 0