1 USD = 10,500.79 -0.02
1 EUR = 12,785.77 18.88
1 RUB = 140.28 -0.93
1 GBR = 14,393.44 44.08
1 JPY = 101.23 -0.10
Valyutalar kursi 26.01.2021

Dasturlashni mukammal o'rganish uchun 5 tavsiya

MUXBIR/
Hidoyatbek Atabaev
06-Noyabr, 2020
10:12

Dasturlashni tez va oson o'rganish uchun 5 tavsiya

1. O'zingizga savol bering: "Men nega dasturlashni o'rganyapman?"

  Maqsadsiz o'rganish umuman samarasizdir. O'zingizga savol bering, nega men dasturchi bo'lmoqchiman? Qachon dasturchi bo'laman? Kod yozish menga zavq beradimi? Qilgan ishim boshqalarga naf beradimi? Qanaqa dastur yarataman? 

  Shu savollarga aniq va ijobiy javob bera olsangiz, marra sizniki

2. O'zingizga mos dasturlash tilini tanlang

  Kelajakda yaratgan dasturingiz qaysi platformada ishlashini istashingizga qarab, o'zingizga mos va hozirgi kunda talab bor bo'lgan dasturlash tilini tanlang. Professional dasturchilar yangi koderlar uchun HTML&CSSdan boshlashni tavsiya etadilar

3. Ingliz tilini o'rganing, Googledan foydalaning

  Chet tilini bilish - bo'lajak dasturchi uchun eng muhim ko'nikma hisoblanadi. Google orqali siz o'zingiz uchun zarur bo'lgan axborotni tez olishingiz mumkin. Qandaydir muammo chiqsa, googledan qidiring. Sizda yuzaga keladigan muammolarning 95%i allaqachon boshqalarda ham bo'lgan va ularga google orqali yechim topishgan. Chet tillaridan ingliz tili tavsiya etiladi. Sababi, dasturlashni o'rganish uchun tayyorlangan ma'lumotlarning eng katta ulushi - ingliz tilidadir

 4. Video o`quv-qo'llanmalardan o'rganing

  Youtube, Vimeo, Udemy, Freecodecamp, Online Tutorials kabi gigant IT-Learning bazaga ega manbaalardagi o'quv-kurslaridan o'rganing. Milliardlab bepul va pullik o'quv kurslari senior-dasturchilar tomonidan siz uchun tayyor qilib qo'yilgan. Onlayn kurslar orqali vaqtingizni va pulingizni tejashingiz mumkin

5. O'quv markazlariga kursga yoziling

  Onlayn kurslardan an'anaviy offlayn kursning farqi siz mentor nazoratida bo'lasiz va tushunmagan narsangizga aniq va sifatli javob olasiz. O'quv markazlarida jamoa bo'lib o'rganish zavqli va kommunikatsiya qilish uchun zo'r imkoniyat. Siz qatnashuvchi kursdagilar bilan raqobat ruhida dasturlashni o'rganish - ko'proq bilim olish va malaka oshirishingizga xizmat qiladi. Bunday dargohlarda qisqa muddat ichida kuchli dasturchi bo'lishingiz mumkin. Asosiysi - harakat qilish va o'rganayotgan narsaning mohiyatini tushunishdir

83 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Qanday qilib qisqa muddat ichida kod yozishni samarali o'rganish mumkin?
Dasturlashni mukammal o'rganish uchun 5 tavsiya
83 0
Domen – saytning internetdagi manzili hisoblanadi. Domen taqdim qiluvchi obteynerning xizmat sifatiga qarab domen narxi turli hil bo’ladi. Lekin, ba’zida maxsus nomga ega domenlar osmono’par bahoga sotiladi. Quyida eng qimmatga sotilgan web-domenlar ro’yhatini keltiramiz
Dunyoning eng qimmatga sotilgan domenlari
75 0
Linux Ubuntu yangi talqini taqdim etildi: Groovy Gorilla - 20.10, yangi taqlinda nimalar o'zgardi...
Ubuntu yangi 20.10 talqinini taqdim etdi
51 0