1 USD = 10,210.00 -7.01
1 EUR = 12,035.56 18.32
1 RUB = 139.14 1.37
1 GBR = 13,331.19 -47.98
1 JPY = 96.35 -0.24
Valyutalar kursi 05.08.2020

Dunyodagi eng kuchli mobil o`yinlar o`ynash uchun mo`ljallangan smartfon taqdim etildi.

MUXBIR/
Murodbek Atajanov
30-July, 2020
17:27

  Asus kompaniyasi ROG Phone 3 o‘yin smartfonini namoyish qildi. Qurilma 6,59 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan bo‘lib, ekran o‘lchami 2340 x 1080 pikselga teng. Smartfonga Snapdragon 865+ chipi va 16 gigabayt operativ xotira o‘rnatilgan, shu bois u dunyodagi eng kuchli smartfonlardan biri hisoblanadi. Uning ichki xotirasi 512 gigabaytni tashkil etadi.

  Qurilmaning orqa qismida 8K shaklida video suratga olish imkonini beruvchi 64, 13 va 5 megapikselli uchta kamera joylashgan. ROG Phone 3 6000 milliamper-soatga teng akkumulyatorga ega. 

  ROG Phone 3 smartfoniga maxsus o‘yin aksessuarlarini ulash mumkin.Mazkur devaysning bahosi 8 gigabaytli versiyasi uchun 800, top-modeli uchun esa 1100 yevro deb belgilangan.

manbaa: www.kun.uz                                         

9 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
2 0
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
4 0
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
6 0