1 USD = 10,210.00 -7.01
1 EUR = 12,035.56 18.32
1 RUB = 139.14 1.37
1 GBR = 13,331.19 -47.98
1 JPY = 96.35 -0.24
Valyutalar kursi 05.08.2020

Endi smartfoningiz quvvati atigi 15 daqiqada to`ladi - video.

MUXBIR/
Murodbek Atajanov
30-July, 2020
17:00

   iQOO kompaniyasi yaqinda 120 vattlik FlashCharge tezkor quvvatlash texnologiyasini namoyish etgan edi. Raqobatchi sifatida Qualcomm ham o‘zining yangi avlod – Quick Charge 5 tezkor quvvatlash texnologiyasini taqdim qildi.

   Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, u 2013 yilgi Quick Charge 1 texnologiyasidan 10 karra tezkorroq, 2017 yilgi Quick Charge 4 avlodidan esa 70 karra samaralioq.

   Quick Charge 5 texnologiyasi qo‘shaloq akkumulyatorlarni, 20 voltgacha kuchlanishda hamda 100 vattdan ortiqroq quvvatda zaryadlay oladi.

  Natijada esa smartfonlarning 4500 mA/soatlik akkumulyatorini noldan boshlab 50 foizgacha to‘ldirish uchun atigi 5 daqiqa, to‘liq quvvatlash uchun esa 15 daqiqa vaqt kifoya qiladi.

  Quick Charge 5 texnologiyasi 12 xil himoya tizimini, shu jumladan qizib ketishdan saqlash va tok kuchlanishining keskin o‘zgarishlaridan muhofazani ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda quvvatlash jarayonida qizishni ham Quick Charge 4 texnologiyasiga nisbatan 10 darajaga pasaytirishga erishilgan. Quick Charge 5 jamlanmasidagi Smart Identification of Adapter Capabilities texnologiyasi esa akkumulyator umrini uzaytirish imkonini beradi.  

  Qualcomm’ning rasman e’lon qilishicha, Quick Charge 5 texnologiyasiga ega smartfonni birinchi bo‘lib Xiaomi kompaniyasi, shu yilning uchinchi choragida namoyish etadi.

11 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
2 0
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
4 0
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
6 0