1 USD = 10,427.38 0.00
1 EUR = 12,591.06 115.74
1 RUB = 137.90 1.27
1 GBR = 13,938.28 -27.12
1 JPY = 99.71 -0.26
Valyutalar kursi 03.12.2020

Eng ko`p pul topadigan Tik Tok yulduzlari reytingi e`lon qilindi - Forbes.

MUXBIR/
Diyorbek Yusufboyev
09-Avgust, 2020
10:28

12 oy ichida (2020-yilning iyuniga qadar) reytingdagi 7 ishtirokchining har biri 1 million dollardan ko‘proq mablag‘ oldi.

Ro‘yxatda birinchilikni yillik daromadi 5 million dollarga baholangan Eddison Rey Isterling egalladi. Uning raqs videosi o‘tgan yilning kuzida 1 million muxlisni jalb qildi va u dekabr oyida Tik Tok uchun to‘liq vaqtini ajratish maqsadida Luizian universitetini tark etdi. Isterling Reebok va soatsoz Daniel Vellington bilan bitimlar tuzdi. Shuningdek, u iyul oyida American Eagle kiyim-kechak brendi vakili bo‘ldi va onasi bilan Spotify’da haftalik podkast o‘tkazishni boshladi. Bundan tashqari, Isterling o‘zining Item Beauty kosmetik brendiga ham ega.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni opa-singil Charli va Diksi D’Amelio egallab 4 million va 2,9 million daromad oldi. Charli Jimmi Fellona tungi shousiga bordi va Tik Tok uchun Parijdagi Prada modalar haftaligini yoritdi. O‘zining 16 yoshini nishonlab, 60 dollarlik kostyumni o‘z rasmi yoniga qo‘shib qo‘ydi. Diksining ishi singlisi bilan bog‘liq, ya’ni opa-singillar bir-birining videolarida paydo bo‘lib, qo‘shma shartnomalar tuzadi. Shuningdek, Diksi o‘zining musiqiy karyerasini rivojlantirishga intiladi. Uning birinchi singli – Be Happy iyun oyida chiqdi va o‘sha kuni Kanye Uest va Travis Skot tomonidan qo‘yilgan videoni yutib, You Tube trendida birinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, reytingdan “tiktoker”ning eng ko‘p muxlis bazasiga ega bo‘lgan Loren Grey (daromadi 2,6 mln dollar) ham joy olgan.

Undan keyingi o‘rinda TalentX iste’dod agentligi asoschisi va Tik Tok raqibi – Triller strategiyasi direktori Josh Richard (daromadi 1,5 mln dollar ) turadi.

Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga Maykl Le (daromadi 1,2 mln dollar) kiritilgan. Uning liftda raqsga tushgan ikkita videosi platformada 478 million marta – eng ko‘p ko‘rilganlar qatoriga kiritilgan.

Oxirgi o‘rinni Oreo va Sony bilan shartnomalar tuzgan Spenser Iks (1,2 mln dollar) egallaydi.

manbaa: www.daryo.uz

116 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Qanday qilib qisqa muddat ichida kod yozishni samarali o'rganish mumkin?
Dasturlashni mukammal o'rganish uchun 5 tavsiya
27 0
Domen – saytning internetdagi manzili hisoblanadi. Domen taqdim qiluvchi obteynerning xizmat sifatiga qarab domen narxi turli hil bo’ladi. Lekin, ba’zida maxsus nomga ega domenlar osmono’par bahoga sotiladi. Quyida eng qimmatga sotilgan web-domenlar ro’yhatini keltiramiz
Dunyoning eng qimmatga sotilgan domenlari
34 0
Linux Ubuntu yangi talqini taqdim etildi: Groovy Gorilla - 20.10, yangi taqlinda nimalar o'zgardi...
Ubuntu yangi 20.10 talqinini taqdim etdi
25 0