1 USD = 10,268.00 0.00
1 EUR = 11,984.80 0.00
1 RUB = 133.66 0.00
1 GBR = 13,111.20 0.00
1 JPY = 97.39 0.00
Valyutalar kursi 28.09.2020

Hozirda yosh marketologlarning xatolari nimada?

MUXBIR/
Shahzod Sabirov
04-May, 2020
20:27

Assalomu alaykum. sizni ko’rib turganimizdan hursandmiz. Sizga dastlabki savol bilan murojaat qilsak. O’z faoliyatingizni qachondan boshlagansiz?

Men 15 yildan buyon marketing sohasida faoliyat olib boraman. Umuman olganda, doim meni reklama, kommunikatsiya sohalari qiziqtirib kelgan. O’shanda doim bir fikr hayolimga kelardi – bir kun albatta shu sohada o’zim agentlik ochaman. Chunki marketingni shu bo’limi meni qiziqtirardi.

Bugungi kungacha men Ozarbayjonda ham ishlaganman, o’sha paytlari shu sohadagi  insonlar bilan do’stlashdim.  O’tgan yili orzularimi ro’yobga chiqdi, hamkorlarim bilan agentlik ochish istagi amalga oshdi.


Nima deb o’ylaysiz, kreativlik nima yoki u qanday shakllanadi?

Kreativlikni o’zbek tiliga to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilib bo’lmaydi. Kreativlik – biror bir muammoni nostandart yechish. Hamma biladigan emas, boshqacha uslubda hal qilish. Kreativlikning “otalaridan” biri Uilliam Bernbah – “Agar to’g’ri kreativlik yo’lidan ketsa, u katta muvafaqqiyatga erishadi”, - degandi. Kreativlik savdoni shunday ko’tarib berishi kerakki, bu tejamkorlik qilgandan ko’riladigan foydadan ko’ra ko’proq bo’lishi kerak. kreativ, deganda ko’pchilik faqat qiziqarli narsa bo’lishi kerak, u tanlovlarda yutish uchun qo’llaniladi, deb hisoblashadi. Albatta uning qiziqarli bo’lishi yaxshi, chunki bu odamlarni e’tiborini tortish uchun ishlatiladi. Bu muhim narsa, lekin uning ortida albatta biznes maqsad bo’lishi kerak. Bu maqsadlar asosan, iste’molchilar sonini, foydani ko’paytirish, xaridorlarni ushlab qolish va boshqalar. O’zini o’zi hurmat qiladigan korxolar o’z oldilariga mana shunday maqsadlarni qo’yadi. Ular bu maqsadga yetishish uchun ushbu soha mutaxassislariga murojaat qilishadi.

Shohruh aka, hozirda yosh marketologlarning xatolari nimada?

Bizda marketologlik kasbi hozir juda mashhur bo’lib ulgurgan. O’zimga ham tanishlarim telefon qilib, yaxshi marketologlar topib ber, korxona ishiga, deydilar. Aslini olganda, 2016-yilgacha bizda xalqaro korxonalar faoliyati kam edi. shu davr mobaynida yaxshi marketologlar bizdan ketib qolgan. Lekin mana shundan keyin o’zgarishlar bo’ldi. Aslida, marketolog uchun praktika – amaliyot, degan narsa juda muhim. O’sha paytlarda yoshlar ucun amaliyot bo’lmagan.

Ushbu sohaga kirayotgan yoshlarning mumammosi – asosiy bazani e’tibordan qoldirish. Praktikada ko’proq qo’l bilan ishlash kerak. masalan, siz islab chiqarish sohasida marketolog bo’lsangiz, siz ko’proq do’konlarga, sotish joylariga borib vaziyatni o’rganishingiz, holatni analiz qilishingiz kerak bo’ladi. Chunki sotish jarayoni, marketing doim birga yuradi. Yoki xizmat ko’rsatish sohasida bo’lsa, albatta o’zi ham shu jarayonda ishlab ko’rishi kerak, ana o’shanda masalani ich-ichiga qadar yetib boradi. Bu iste’molchilarni muammolarini tushunishga yordam beradi. Iste’molchini muammosi, maqsadini anglab yetishda yordam beradi. Marketingni asosiy maqsadi iste’molchining talablarini qoniqtirish. Shuni tushunish juda muhim, nazariyadan keyin amaliyot juda va juda zarur.

Korxonangizning profil yo’nalishi qanday, umuman olganda, maqsadlar?

Har bitta biznesda o’ziga yarasha muammolari bo’ladi. Ana shu biznes muammolar marketing yechimiga o’tgandan keyin, kommunikatsiya strategiyasi va kreativ agentliklariga murojaat qilinadi. Bu butun dunyo amaliyotida shunday, Xudoga shukur, bu bizga ham yetib kelmoqda. Hozirgi kunda biz Coca-Cola, Unilever kabi xalqaro, shunigdek, Beeline, Payme, LES AISLES kabi kompaniyalar blan hamkorlik qilib kelmoqdamiz.

Bizning maqsad – O’zbekistonda kreativlikni sanoat darajasiga olib chiqib, uni ko’tarish. Dunyo miqyosida korxonalar qanaqa ishlasa, biz ham bu standarlarni yurtimizga olib kirmoqchimiz. Bu albatta ikki taraflama ish, chunki biz mijozlarning muammosini yechib, ichki muammolarni hal qilishimiz kerak. Undan tashqari kadr masalasi ham bor. Biz ularni o’qitish, o’rgatish va iste’dodlarini to’g’ri yo’naltirishimiz kerak.

Kreativ yechimlar haqida gapiradigan bo’lsak, amerikalik tadbirkor Albert Laskerga kaliforniyalik fermerlar murojaat qilib, apelsin savdosini ko’paytirish bo’yicha maslahat so’ragan. Ularni aytishiga qaraganda, ular sotadigan apelsin har bitta odam uchun 1,5 tadan to’g’ri kelmoqda ekan,buni qanday qilib ko’tarish, ya’ni 2-3 taga chiqarishni so’ragan, shunda Lasker o’z jamoasi bilan maslahatlashib, ularga apelsin sharbati ishlab chiqarishni maslahat beradi. Bu orqali olinadigan foyda va savdo 4 baravarga ko’payadi. Masalan, biz o’zimiz ham shunga o’xshash bitta an’ana o’ylab topganmiz. Bu – ertalab nonushtaga sharbat iste’mol qilish edi. Bilasmi, bunday kreativ yechimlar orqali kompaniyalar katta daromad oladi. Shu kabi yechimlar bozorda to’lib yotibdi. Buning uchun korxonalarda “duh” kerak!

Kreativ ustasi bo’lish uchun ishni nimadan boshlash lozim?

Bizning vitse-prezidentimiz o’z faoliyatlarini reseption’dan boshlagan ekanlar. Bu degani, pasdan boshlash kerak. Har bitta kreativ odam g’oyalarni tez-tez miyyasida aylantirib turadi. Bu narsalarga o’rgansa bo’ladi. Agar qiziqish bo’lsa, egallash mumkin bo’lgan soha bu. Bunga doir bir nechta usullar mavjud. Eng muhimi, odamda ishtiyoq bo’lsa, hamma narsani qilsa bo’ladi.


Shu sohadagi birinchi ishingizni eslay olasizmi?

Meni birinchi faoliyatim McCann Erickson Tashkent’da boshlangan. U yerda mijozlar bilan ishlaydigan bo’limda ishlaganman. Ishimda o’ziga yarasha mas’uliyat bor edi. Men mijoz va kompaniyani bog’lab turardim.

Xodimlari ishga qabul qilishda nimalarga e’tibor berasiz?  

Men o’rgangan narsa, ularni ishga olishdan oldin ularni odamgarchiliklariga e’tibor beraman, professional skills degan narsa bor, shu narsa ham xodimda bo’lishi kerak. Masalan, u siz bilan doim, maqsadingiz yo’lida biega ketishga tayyor, sizni g’oyalaringizga sherik bo’ladi.

Xalqaro mijozlar bilan ishlash uchun agentliklar qaysi talablarga javob berishi lozim?

Bir narsani hisobga olish kerak, mijozlar mahalliy va xorijiy bo’ladi. Chet ellik mijozlar uchun sizning agentligingizning obro’si, tutgan o’rni muhim. Ularni qanaqa offisi bor, nimalar qilgan, portfoliosi qanday, qaysi festivallarda qatnashgan, unda nimadir yutganmi, degan tushunchalar ular uchun ahamiyatli bu borada.


Kreativ ijodda muvaffaqiyat formulasi mavjudmi?

Sirli formulaning o’zi mavjudmas. O’zimizning shablonlarimiz bor. Biz kreativ g’oyaga kelishdan oldin iste’molchini o’rganib chiqamiz. Ingliz tilida “consumer insight” degan narsa bor, uni topib olish juda muhim. Uni qanday yetkazib berishni ham o’ylash lozim, bu jihati ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tayyorlangan narsani yetkazib bera olishga alohida e’tibor qaratish kerak. Kreativ yechim nafaqat kommunikatsiyada, balki strategiyada ham bo’lishi kerak. Misol uchun, men 2016-yil oxirida O’zbekitonga qaytib kelganimda, menga FAMILY GROUP murojaat qilib, keying yil RC Cola ishlab chiqarmochiligini aytdi. Biz bu brendni o’rganganimizda, bu rostan ham Amerikada bor brend, lekin uning oldida juda katta muammo bor edi – Coca-Cola va Pepsi uning eng katta raqobatchilari edi. Undan tashqari, RC ni aytsihning o’zi ham, ya’ni nomini talaffuz qilish qiyin. Uchinchidan, undan oldin ham shu kabilarga odamlar unchalik ishonmagan, qabul qilmagandi. Biz bularni hisobga olib, bu oddiy, mahalliy ichimlik emasligini, haqiqatan ham Amerika mahsuloti ekanligini iste’molchilarga ishonchli qilib yetkazib berishni maqsad qilgandik. Natijada bu brend ham  g’alaba qozondi va hozirda ham yaxshi sotilib kelayapti.

Shohruh aka, bugungi ajoyib suhbat uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz. O’ylaymizki, bugungi aytgan gaplaringiz ushbu sohaga qiziqqan va shu sohada o’z o’rnini topishga harakat qilib yurgan insonlar uchun ham foydali bo’ladi, degan umiddamiz.

Sizlarga ham rahmat. Saytingizga omad tilayman.

Manba: Biznesrivoj

53 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Googleda ishlovchi ba'zi dasturchilar endi pul topishning boshqa yo'lini topishga majbur bo'lishadi
Google Chrome Extensionlar savdosini to'xtatmoqchi
14 0
Bill Geyts fikricha, hali 2022 yilgacha mazkur pandemiya tugamaydi
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Fox News telekanalida koronavirus qachon tugashini ma'lum qildi
10 0
Motivatsiya haqida siz bilmagan faktlar
Sizni oldinga harakatlantiruvchi kuch - motivatsiya haqida batafsil
43 0