1 USD = 10,188.99 15.61
1 EUR = 11,454.46 46.03
1 RUB = 144.65 0.23
1 GBR = 12,641.48 138.39
1 JPY = 94.77 0.28
Valyutalar kursi 02.07.2020

Karantin qoidalarini buzgan 980 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi

MUXBIR/
Bekzod Nematov
26-Mart, 2020
08:54

26 mart 9:0 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 63 853 kishi karantinga olingan bo‘lib, ularning 50 100 nafari uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan,13753 nafari esa tibbiyot muassasalarida karantinda. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan, Toshkent shahrida jami 5393 kishi karantinda bo‘lib, ularning 2704 nafari uy, 2689 nafari esa kasalxona sharoitida karantinga olingan.

Shuningdek, karantin qoidalariga rioya qilmagan 980 kishiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Ularning eng ko‘pi — 328 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lsa, Andijon viloyatida 174 nafar, Toshkent viloyatida 106 nafar, Toshkent shahrida 101 nafar, Farg‘ona viloyatida 74 nafar, Namangan viloyatida 61 nafar, Buxoro viloyatida 52 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Sirdaryo viloyatida 19 nafar, Jizzax viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 11 nafardan, Navoiy viloyatida 10 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qoraqalpog‘istonda hech kimning karantin qoidalariga rioya qilmagani qayd etilmadi.

Karantin qoidalarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar aniqlanmadi va bu raqam 25 mart holatidagi 3 nafarligicha qoldi.

68 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Internet olami haqida 10 ta qizizqarli faktlar
18 0
Masofani o'lchash uchun fotoelektrik sensor
8 0
Smartphone haqida siz bilmagan faktlar
13 0