1 USD = 10,362.00 0.00
1 EUR = 12,252.03 0.00
1 RUB = 135.51 0.00
1 GBR = 13,577.33 0.00
1 JPY = 99.06 0.00
Valyutalar kursi 25.10.2020

Kompyuter klaviaturalari tarixi

MUXBIR/
Hidoyatbek Atabaev
18-Sentabr, 2020
16:12

Biz klaviaturalardan har kuni keng foydalanamiz. Kompyuter, smartfon va hatto televizorlarda ham bugun klaviatura mavjud. Kompyuter klaviaturasi fizik klaviatura deb nomlanadi, sababi biz uni ushlay olamiz. Telefon va televizordagi klaviaturalar esa virtual klaviatura deb ataladi. Virtual klaviaturalarning fizik klaviaturalardan farqi - ularning dizaynini o'zimizga yoqadigan holatga olib kelishimiz mumkin.

Shoulzning QWERTY klaviaturasi konsepti, XIX asr

 

Siz biladigan va foydalanishga o'rganib qolgan klaviatura QWERTY deb nomlanadi. Axborot olamiga endi kirib kelgan paytingizda nega klaviaturadagi tugmalar alifbo ketma-ketligida emas degan savol sizni o'ylashga majbur qilgani shubhasiz. Nega tugmalar betartib? Asosiy sabab - matn teruvchining foydali ish koeffissiyentini oshirish. Ya'ni, matn terish tezligini kuchaytirish. Albatta, ushbu tezlik maksimal darajada lotin alifbosida ishlaydi

Zamonaviy QWERTY klaviaturasi

QWERTY klaviatura tugmalar strukturasini amerikalik ixtirochi Kristofer Lasam Shoulz 1873-yilda o'ylab topgan va ushbu struktura bugungi kunda eng ommabop va qulay deb topilgan. Shoulz klaviaturasi ikki qo'lda yozish uchun mo'ljallangan, harflarni terishda qo'lning faqat to'rt barmog'i ishtirok etadi, bosh barmoq esa faqat bitta tugma - probelni bosishda qo'l keladi

QWERTYda ISO standarti bo'yicha 35 qator matn yozish davrida barmoqlaringiz 100 metr masofani bosib o'tadi. Bu raqamlar QWERTYning qanchalar optimalligini isbotlaydi

Ma'lumot o'rnida: QWERTYdan boshqa yana DVORAK, COLEMAK klaviaturalari ham bor, biroq undan juda kam kompyuterlar foydalanadi

 

Muallif: Hidoyatbek Atabaev

22 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Googleda ishlovchi ba'zi dasturchilar endi pul topishning boshqa yo'lini topishga majbur bo'lishadi
Google Chrome Extensionlar savdosini to'xtatmoqchi
29 0
Bill Geyts fikricha, hali 2022 yilgacha mazkur pandemiya tugamaydi
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Fox News telekanalida koronavirus qachon tugashini ma'lum qildi
17 0
Motivatsiya haqida siz bilmagan faktlar
Sizni oldinga harakatlantiruvchi kuch - motivatsiya haqida batafsil
59 0