1 USD = 10,188.99 15.61
1 EUR = 11,454.46 46.03
1 RUB = 144.65 0.23
1 GBR = 12,641.48 138.39
1 JPY = 94.77 0.28
Valyutalar kursi 02.07.2020

Koronavirusga qarshi qaysi retseptga ishonsa boʻladi - ekspert javobi

MUXBIR/
Shahzod Sabirov
17-Mart, 2020
14:22

Oʻzbekistonlik professor ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan koronavirusga qarshi goʻyoki moʻʼjizakor xususiyatga ega boʻlgan retseptlar yuzasidan fikr bildirdi

Koronavirusning oldini olish uchun turli antibiotiklarni ichish tavsiya etilmaydi. Immunitetni koʻtaradigan dorilar virusni oʻldirmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya davlat nazorati inspektsiyasi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Yuqumli kasalliklarning oldini olish, yaʼni profilaktika uchun antivirus dorilarini va antibiotiklarni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Bu kabi dorilarni, qolaversa, immun tizimini koʻtaradigan har-xil dorilarni tavsiya qilish - bu umuman notoʻgʻri. Immun tizimini koʻtaradigan dorilar virusga qarshi hech qanday taʼsir kuchiga ega emas", - deya tushuntirdi professor.

Otabekov, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sarimsoqpiyoz borasida tarqalayotgan tavsiyalarga ham oʻz munosabatini bildirdi.

Professor sarimsoqpiyozni isteʼmol qilish mumkinligini, lekin bir jihatga eʼtibor berish kerakligini eslatib oʻtdi: yaʼni sarimsoqpiyoz bir vaqtning oʻzida antibakterial yoki antivirus preparat emas. Shuni hisobga olgan holda, sarimsoqpiyozni boshqa koʻkatlar bilan aralashtirgan holda isteʼmol qilish mumkin, dedi professor.

Otabekov Oʻzbekiston aholisini ijtimoiy tarmoqlarda har-xil nomutaxassislar tomonidan berilayotgan tavsiyalarga ishonmaslikka chaqirdi.

 
55 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Internet olami haqida 10 ta qizizqarli faktlar
18 0
Masofani o'lchash uchun fotoelektrik sensor
7 0
Smartphone haqida siz bilmagan faktlar
12 0