1 USD = 10,210.00 -7.01
1 EUR = 12,035.56 18.32
1 RUB = 139.14 1.37
1 GBR = 13,331.19 -47.98
1 JPY = 96.35 -0.24
Valyutalar kursi 05.08.2020

Mask va Sukerberg: Koronavirus borasidagi qarama-qarshi fikrlar

MUXBIR/
Shahzod Sabirov
01-May, 2020
12:02
Global pandemiyadan foyda ko‘rayotganlar orasida Silikon vodiysining texnologiya gigantlari ham bor. Sarmoyadorlar bu kompaniyalar inqirozdan avvalgidan ham kuchliroq bo‘lib chiqishiga ishonar ekan, texnologiya kompaniyalarning xissalari narxi tushmayapti, yoki aksincha, o‘sishda davom etyapti. Bu haqda BBC o'zbek xizmati xabar berdi. 

Lekin, Covid-19ga qarshi kurash ikki texnologiya milliarderining bir-biriga butkul zid qarashlarini yuzaga chiqardi. Bu ikkovlon: Ilon Mask va Mark Sukerberg.

Ular o‘rtasidagi fikrlar farqi moliyaviy tahlilchilarning odatda beparvo ruhda o‘tadigan onlayn anjumani vaqtida yaqqol ko‘rindi.

Oxirgi haftalarda «Tesla»ning kayfiyati tez o‘zgarib turadigan asoschisi borgan sari g‘azabnok tvitlarni yoza boshladi.

Avvaliga, u koronavirus tahdidiga ishonchsizlik bildirdi. Keyin esa, unga qarshi olib borilayotgan kurashni keragidan oshiq tarzda keskin ekanini aytib chiqdi.

Kaliforniya shtatida kiritilgan lokdaun, ya’ni karantin holati, uning Fremontdagi eng asosiy korxonalaridan biri yopilishiga sabab bo‘lgan. Mask esa uni yana ochishni istaydi.

«Bravo, Texas!» deya tvit yozdi Ilon Mask bu shtatdagi karantin choralari yumshatilayotgani borasidagi havolani ulasha turib.

Ortidan katta harflar bilan qo‘shib qo‘ydi: «AMERIKANI HOZIROQ OZOD QILING».

Ammo, onlayn anjumanda o‘z kompaniyasi yilning birinchi choragida kutilmagan daromad ko‘rgani aytilsa-da, uning g‘azabi cho‘qqisiga chiqdi.

O‘z nutqining kirish qismida u virusni tilga ham olmadi. Lekin, savollarga javob berar ekan, Kaliforniya shtatining odamlarga uyda qolish buyrug‘ini so‘ka ketdi:

«Ular uylaridan chiqa olmasliklarini aytish, agar uyidan chiqsa hibsga olishlarini aytish, bu fashist amal. Demokratik emas. Bu ozodlik emas. Odamlarga la’nati ozodligini qaytarib bering.»

Uning nutqi bir payt yanada ekstremal tus oldi.

Uning aytishicha, odamlarning uyda qolishlarini talab qiluvchi chora «ularni konstitutsion huquqlariga zid ravishda o‘z uylarida majburan tutquklikda saqlamoqda».

«Odamlar o‘z erkinliklarining bu qadar dahshatli va noto‘g‘ri ravishda buzilishlari uchun Amerikaga kelishmagan va uni qurishmagan», - dedi u.

Keyin u juda uyatli so‘zni ishlatdi - bunaqa so‘zni heya kim jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan onlayn anjumanda eshitmagan. «Kechirasizlar. G‘azab - bu g‘azab», - deya qo‘shimcha qildi Mask.

Unga muxolif qarashdagilarning ham yaxshigina jahli chiqdi. Ammo, bu jahl yalpi daromad va yangi ilova haqida savollarini davom ettirgan tahlilchilardan emas, balki anjumanni kuzatib turgan Tvitterdagi kuzatuvchilardan keldi.

Ba’zilar fikrida, Tesla magnatini virus tahdidini to‘g‘ri bashorat qilolmagan.

19 martda Ilon Mask Xitoyda yangi koronavirus holatlari qayd etilmaganini aytib, «Bugungi trendlarga tayansak, AQShda aprel oxiriga borib yangi holatlar nolga yaqinlashsa kerak», degandi.

Bugunga kelib AQShdagi koronavirus holatlari bir milliondan oshgan, 60 ming odam vafot etgan.

Muxolif fikr
Ayni damda, Feysbukning asoschisi o‘z kompaniyasining oxirgi ko‘rsatkichlarida daromad biroz tushganini e’tirof etsa-da, «misli ko‘rilmagan mavhumlik zamoni» haqida gapirib sarmoyadorlarni mamnun qildi.

Mark Sukerberganing bu anjumandagi nutqi Ilon Masknikidek rang-barang bo‘lmadi.

Lekin, u Tesla magnatiga qarshi fikr bildirishdan tortinib o‘tirmadi. Uning aytishicha, normallikka shoshish jamoatchilik salomatligi va iqtisod uchun juda yomon qadamdir.

«Hozirgi karantin cheklovlari ijtimoiy jihatdan juda qimmatga tushsa-da, mening xavotirim shuki, virusni yuqtirish hollarini o‘ta past darajaga tushirmasdan ba’zi joylarni juda tez ochib yuborish kelgusi epidemiyalar, hamda salbiy uzoq muddatli tibbiy va iqtisodiy oqibatlar kelib chiqishini kafolatlaydi», - dedi Sukerberg.

Bunday fikr bildirish Sukerbergga oson deyishingiz mumkin - harqalay uning Feysbuk xodimlari o‘z uylarida o‘tirib ham ishni davom ettirishlari mumkin, lekin Tesla xodimlari o‘z tomorqalarida yangi avtomobillarni yasay olmaydilar.

Feysbuk reklamadan keladigan daromad tushishidan tashvishda bo‘lsa ham, bu inqirozdan eskicha matbuot bizneslariga qaraganda yaxshiroq chiqib olishi muqarrar. Buni uning xissalari fevraldan beri ko‘p emas, birozgina tushganida ko‘rish mumkin.

Ammo, ayni damda, Teslaning xissalari narxi o‘sishda davom etyapti. Teslaning eng asosiy zavodi yopilishi va neft narxlari tushishi bilan elektrik avtomobillarga ishtiyoq kamayishi, uning ustiga brend rahbarining o‘zini tuta olmasligi sarmoyadorlarni hurkitadi deb o‘ylashingiz mumkin.

Yo‘q, aksincha, Tesla aksiyalari har doimgidan ham qimmatladi va yana qimmatlashi kutiladi.

2019 yilda 367,500ta avtomobil sotgan Tesla hozirda bozorda qariyb 150 milliard dollarga baholanyapti. O‘tgan yil 7,7 million avtomobil sotgan AQShning GM kompaniyasiga solishtirsangiz, bu to‘rt baravar katta narx.

Bularning bari Ilon Mask yirik daromad ko‘rishiga ishora qilyapti. Kompaniya kengashi tomonidan Teslaning qiymatini oshirish bo‘yicha oldiga qo‘yilgan marrani bosib o‘tsa, Mask o‘z xissalaridan 740 million dollar foyda ko‘radi.

Texnologiya aksiyalari atrofidagi Silikon vodiysining kibr-havosi va Uoll Strit vasvasasi oxirgi ikki oy ichida so‘nib qolgandir deb o‘ylagan bo‘lsangiz, adashasiz.

 

 
38 0

Shu mavzuga oid yangiliklar

Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
Airbus`ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
2 2400
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
Smartfonlarning uzoq xizmat qilishi va arzonroq bo`lishini ta`minlash usuli topildi.
4 2400
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
Apple tarixiy rekordga erishdi – u hatto arab neft kompaniyasidan ham qimmat bo`ldi!
6 2400