1 USD = 10,188.99 15.61
1 EUR = 11,454.46 46.03
1 RUB = 144.65 0.23
1 GBR = 12,641.48 138.39
1 JPY = 94.77 0.28
Valyutalar kursi 02.07.2020

Mirziyoyev minglab aholi ko‘chirilayotgan Sirdaryodagi suv ombori hududiga yetib bordi

MUXBIR/
Shahzod Sabirov
01-May, 2020
12:13

Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni tongda "suv chiqishi" yuz bergan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib borgan.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabariga tayanib BBC O'zbek xizmati xabar bermoqda. 

"Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yo‘q", deyiladi xabarda.

1 may kuni erta tongda Sirdaryo viloyati hududida joylashgan "Sardoba" suv omboridagi hodisa O‘zbekiston tarixidagi eng yirik aholini ko‘chirish amaliyotlaridan biriga sabab bo‘lgan.

Kamida uch qishloqdagi o‘n bir yarim mingdan ortiq aholi uylaridan xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Telegramda tarqalgan videolarda ayollar va bolalar doxil ko‘p sondagi aholining piyoda yurib borayotganini ko‘rish mumkin.

Favqulodda Vaziyatlar vazirligining xabarida aytilishicha, odamlarni evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

FVV

FVV talofatlar haqida ma’lumot yo‘qligini aytgan.

Avvalroq Bosh vazir Abdulla Aripov hududga yetib borgani xabar qilingandi.

Suv ombori o‘pirildimi?

Ayni paytda rasmiy xabardan suv dambadan toshib chiqqanmi yoki damba yorilganligi anglashimaydi.

"Sardoba" suv ombori dambasining 6 piket devorid "Sardoba" suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi", deyiladi rasmiy xabarda.

Sardoba tumani "Qo‘rg‘ontepa" MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilingan.

Ko‘chirilganlar orasida "Qo‘rg‘ontepa", "Do‘stlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11598 nafar aholi bor.

Suv bosish xavfi bo‘lgan "Quytosh", "Ota yurt", "Birlik" MFYlaridan aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Karantinda qayerga qochamiz?

Hodisa koronavirus pandemiyasi bois O‘zbekistonda aholi karantinda o‘tirgan payti yuz bergan.

Sirdaryo viloyat hokimiyati Bi-bi-siga rasmiy xabarni sharhlamagan.

Ayni paytda hodisa suv omboridan uzoq hududlardagi aholi punktlarida ham vahima uyg‘otgani ma’lum bo‘lmoqda.

"Suv biz tomonga ham kelarkan, degan gaplar tarqaldi. Hozir xavotirlanib o‘tiribmiz. Karantin payti qayerga qochamiz""- deydi Bi-bi-si biban suhbatda suv omboridan 20 km uzoqda yashashini aytgan sirdaryoliklardan biri.

"Jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan", deb xabar beradi Favqulodda Vaziyatlar vazirligi.

"Sardoba" suv omborida qariyb 1 milliard kub metr suv to‘planadi, ular Sirdaryo va Jizzax viloyatidagi yerlarni sug‘orishda ishlatilishi aytiladi.

Xabar yangilanmoqda.

 
46 0

Shu mavzuga oid yangiliklar

Internet olami haqida 10 ta qizizqarli faktlar
18 2400
Masofani o'lchash uchun fotoelektrik sensor
8 2400
Smartphone haqida siz bilmagan faktlar
12 2400