Netflix bosh ijrochi direktori - Rid Hestings 2021-yilda o'tgan yillarga nisbatan ko'proq serial ishlab chiqarishini rejalashtirayotganini ta'kidladi, biroq tahlilchilar pandemiya sharoitida ko'proq seriallar suratga olinishi amalga oshishi mumkin emasligini aytishmoqda. Buning asosiy sababi sifatida esa koronavirusga chalinish holatlarining AQShda keskin o'sib borayotgani va qora tanlilarning norozilik namoyishlari avj olayotgani asosiy sabab qilib ko'rsatilmoqda. Variety nashrining ma'lum qilishicha Hestings quyidagi gaplarni aytib o'tgan:
"Biz keyingi yil uchun ajoyib kontent hozirlab qo'ydik. Albatta, oldimizdagi yildagi kontent original seriallarga boy bo'ladi. Iste'molchilarimizga ular kutganidan ko'prog'ini ulashamiz, sifatni yildan-yilga oshirib boramiz. Yevropada ham, Osiyoda ham faoliyat olib bormoqdamiz. Umid qilamizki, vaksina tez vaqt ichida tayyorlanadi va biz avvalgidek yeng shimirib, ishimizga yana sho'ng'iymiz"
Quartz nashri ma'lumotlariga ko'ra Netflix 2018-yilda umumiy 1500 soatlik televizion ko'rsatuv va serial tayyorlagan, 2019-yilda esa 371ta video-mahsulot ishlab chiqargan.