1 USD = 10,427.38 0.00
1 EUR = 12,591.06 115.74
1 RUB = 137.90 1.27
1 GBR = 13,938.28 -27.12
1 JPY = 99.71 -0.26
Valyutalar kursi 03.12.2020

Olimlar Marsdan Yerga tushishi mumkin bo‘lgan viruslardan ogohlantirdi

MUXBIR/
Shahzod Sabirov
13-May, 2020
16:57
 

Stenford universiteti professori Skott Xabbard Marsdan Yerga sayyora namunalari bilan yangi viruslar tushishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, boshqa sayyoradan viruslarning tuproq, kosmik kemalar, shuningdek, astronavtlar bilan Yerga tushishiga imkon bermaydigan muayyan protokollarni ishlab chiqish kerak.

“Barcha tizimlar qator kimyoviy tozalashlardan o‘tkazilishi, shuningdek, issiq sterilizatsiya qilinishi kerak. Namunalar solingan probirkalar xuddi ularda Ebola virusi bordek ishlov berilishi lozim”, — deydi Xabbard.

Shu bilan birga professor Mars yuzasidan terib olingan toshlar bilan virusning olib kirilishi ehtimoli juda kamligini qayd etdi.

NASA taxminan 2035-yilda odamlarni Marsga jo‘natishni rejalashtirmoqda.

94 0

Shu mavzuga oid yangiliklar

Qanday qilib qisqa muddat ichida kod yozishni samarali o'rganish mumkin?
Dasturlashni mukammal o'rganish uchun 5 tavsiya
27 2400
Domen – saytning internetdagi manzili hisoblanadi. Domen taqdim qiluvchi obteynerning xizmat sifatiga qarab domen narxi turli hil bo’ladi. Lekin, ba’zida maxsus nomga ega domenlar osmono’par bahoga sotiladi. Quyida eng qimmatga sotilgan web-domenlar ro’yhatini keltiramiz
Dunyoning eng qimmatga sotilgan domenlari
33 2400
Linux Ubuntu yangi talqini taqdim etildi: Groovy Gorilla - 20.10, yangi taqlinda nimalar o'zgardi...
Ubuntu yangi 20.10 talqinini taqdim etdi
25 2400