1 USD = 10,188.99 15.61
1 EUR = 11,454.46 46.03
1 RUB = 144.65 0.23
1 GBR = 12,641.48 138.39
1 JPY = 94.77 0.28
Valyutalar kursi 02.07.2020

Putin mamlakatga soya solayotgan ikkita xavfni ma’lum qildi

MUXBIR/
Bekzod Nematov
26-Mart, 2020
11:56

Bugun, 26 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari ushbu uchrashuvda mamlakatga xavf solayotgan ikkita asosiy muammo haqida gapirdi.

Uning fikricha, neft narxining tushib ketishi va koronavirus pandemiyasi asosiy muammolardan biri bo‘lib turibdi.

“Men vaziyatga baho bermayman. Barchangiz savodli odamlarsiz, internet va ommaviy axborot vositalarini kuzatib borayapsizlar. Mamlakatimizda va chet elda nimalar bo‘layotganini ko‘rayapsizlar. Bizda ikkita muammo bor: neft bozori va koronavirus”, dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga aniq o‘zgaradi. Buning uchun vaqt talab etiladi.

Avvalroq, Vladimir Putin Moskva viloyati Kommunarka posyolkasida qurilayotgan yuqumli kasalliklar maxsus shifoxonasiga borgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga 844 nafar odam chalindi. 39 bemor shifo topgan bo‘lsa, 2 kishi vafot etdi.

71 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Internet olami haqida 10 ta qizizqarli faktlar
18 0
Masofani o'lchash uchun fotoelektrik sensor
8 0
Smartphone haqida siz bilmagan faktlar
13 0