1 USD = 10,188.99 15.61
1 EUR = 11,454.46 46.03
1 RUB = 144.65 0.23
1 GBR = 12,641.48 138.39
1 JPY = 94.77 0.28
Valyutalar kursi 02.07.2020

Ro‘za tutgan odamga koronavirus oson yuqishi mumkinmi?

MUXBIR/
Shahzod Sabirov
05-May, 2020
16:22

Bu - hozirgi Ramazon oyida ko‘pchilik so‘rayotgan savol. 

Sababi bu yilgi ro‘za oyi koronavirus pandemiyasi davriga to‘g‘ri kelmoqda.

Ro‘za tutish koronavirus yuqish ehtimolini kuchaytiradimi?

Kunlar ancha uzun va ro‘za tutgan inson uzoq vaqt och yurish kerak.

Aksar musulmon davlatlari ko‘p sondagi odamlar birga to‘planadigan iftorlik va ziyofatlarni, taroveh va jamoat namozlarini taqiqladi.

Biroq koronavirus xavf solmaydi deb ko‘rilgan eng muhim amallardan biri - ro‘zani taqvodorlar kanda qilishayotgani yo‘q.

Коронавирусдан олдин Ўзбекистон бозорлари.

Ammo ro‘zador insonning immun tizimi zaiflashishi mumkinmi?

Buning oqibatida koronavirusni yuqtirish ehtimoli qanchalik oshadi?

London kasalxonalaridan birida ishlaydigan o‘zbekistonlik shifokor Fazliddin Muradov bu savollarga javob beradi.

Doktor Muradov ro‘za va uning inson tanasiga, immun tizimiga ta’siri borasida dunyo olimlar olib borgan tajriba hamda tadqiqotlarni o‘rganib, Bi-bi-si O‘zbek xizmati savollariga javob berdi.

Shifokorning aytishicha, olimlar dunyoda olib borilgan bir necha yuz ilmiy tadqiqotni muqoyasa qilib o‘rganib chiqishgan.

"Ularning xulosa qilishicha, ro‘za paytidagi organizmga ta’sir o‘tkinchi".

"Ro‘zadan keyin inson organizm yana o‘zining oldingi holatiga tez qaytadi degan" - ta’kidlaydi shifokor Fazliddin Muradov.

Biroq koronavirus kabi yuqumli kasalliklarga chalinish ehtimoli ochlik payti oshadimi? Bu borada qanday ilmiy tadqiqotlar bor?

Bu boradagi savollarga javob topish uchun Bi-bi-si O‘zbek Xizmati YouTube kanalidagi maxsus video lavhani tomosha qiling.

 

36 0

Shu mavzuga oid yangiliklar

Internet olami haqida 10 ta qizizqarli faktlar
18 2400
Masofani o'lchash uchun fotoelektrik sensor
8 2400
Smartphone haqida siz bilmagan faktlar
12 2400