1 USD = 10,268.00 0.00
1 EUR = 11,984.80 0.00
1 RUB = 133.66 0.00
1 GBR = 13,111.20 0.00
1 JPY = 97.39 0.00
Valyutalar kursi 28.09.2020

U yetib keldi - Android 11

MUXBIR/
Hidoyatbek Atabaev
09-Sentabr, 2020
16:32

Android 11 - nega yangilash kerak?

  Android o'zining 11-avlod talqinini e'lon qildi. Ushbu tizim avvalgi tizimlardan bir nechta qo'shimcha funksiyalari bilan ajralib turadi. Bildirishnomalar paneliga doimiy media-boshqaruvi qo'shildi va sms ham-da ijtimoiy tarmoqlardan kelgan xabarlar ikkilamchi bildirishnoma sifatida media-boshqaruv panelidan keyin aks etadi. Yana bir yangilik - quvvat tugmasini qisqa vaqt bosib turishda chiqadigan yangi tugmalardir. Ushbu tugmalar orqali siz smartfoningizga ulangan qurilmalarni boshqarishingiz, Google Pay hamyon holatini kuzatib borishingiz mumkin. Ushbu talqinda tugmalar bir bosganda ishga tushadi, avvalgi android talqinlarida esa tugma bosilgandan so'ng tasdiqlash talab etilardi. Ko'plab foydalanuvchilar kutgan o'zgarish bu - ekranning ma'lum qismini skrinshot qilish imkoniyatidir. Ushbu funksiya bilan ekranning istalgan qismini qirqib olish mumkin. Avvalgi talqinlarda esa skrinshot qilganda butun ekran nusxalanardi.
  Shuningdek, endi ekranni videoga olish uchun endi qo'shimcha dastur yuklash talab etilmaydi. Android 11da tizim-ekran yozuvchisi ham bor. Kecha, 8-sentabrda taqdim qilingan ushbu talqinning eng kulguli jihati, hozircha u faqat Google Pixel smartfonlarida yangilanadi

137 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Googleda ishlovchi ba'zi dasturchilar endi pul topishning boshqa yo'lini topishga majbur bo'lishadi
Google Chrome Extensionlar savdosini to'xtatmoqchi
14 0
Bill Geyts fikricha, hali 2022 yilgacha mazkur pandemiya tugamaydi
Microsoft korporatsiyasi asoschisi Fox News telekanalida koronavirus qachon tugashini ma'lum qildi
10 0
Motivatsiya haqida siz bilmagan faktlar
Sizni oldinga harakatlantiruvchi kuch - motivatsiya haqida batafsil
43 0