Linux distribyutrlari orasida eng ommabopi sanaladigan Ubuntuning yangi talqini taqdim etildi. Biroq ushbu talqin LTS(uzoq muddatli qo'llab-quvvatlanish) emas. Sababi ushbu talqin sinov ko'rinishida taqdim etilmoqda.
Yangi Ubuntuga Groovy Gorilla(kelishgan gorilla) nomi berildi. Ushbu versiya 9 oy qo'llab-quvvatlanadi. Avvalgi 20.04 talqindan farqi - holat panelida quvvat foizini ko'rsatish mumkinligi, menyudagi ilovalar o'rnini o'zgartirish ham-da yangilangan linux-kernel tizimidir.
O'rnatish paketi o'lchami - 2.7GBni tashkil etadi. Yangi talqin 2021-yil aprel oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Operatsion tizimni Ubuntu rasmiy saytidan bepul yuklab olish mumkin