1 USD = 10,188.99 15.61
1 EUR = 11,454.46 46.03
1 RUB = 144.65 0.23
1 GBR = 12,641.48 138.39
1 JPY = 94.77 0.28
Valyutalar kursi 02.07.2020

Xodimlarning karantinda ishlashi bo‘yicha yangi tartib o‘rnatiladi

MUXBIR/
Bekzod Nematov
26-Mart, 2020
11:37

Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli buyrug‘i loyihasida qayd etilgan.

Unga ko‘ra, xodimlarning ish vaqti rejimining o‘zgarishi, shu jumladan ishning boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek, to‘liqsiz ish vaqtining o‘rnatilishi mehnat sharoitining o‘zgarishi hisoblanadi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Xodimni moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqqa ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar asos bo‘ladi. Xodim va ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni imzolash ushbu o‘zgartirishlarga taraflarning roziligi hisoblanadi.

Moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish quyidagilarni nazarda tutishi mumkin:

•  xodimga to‘liqsiz ish vaqti – to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasini belgilash (Mehnat Kodeksining 119-moddasi);

•  qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi doirasida xodimning ishi boshlanishi va tugash vaqtlarini (Mehnat Kodeksining 115-118-moddalari) belgilash, shuningdek, boshqa xodimlar uchun o‘rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalaridan farqli ravishdagi ishdagi tanaffuslar vaqti va davomiyligi.

Moslashuvchan ish grafigiga vaqtinchalik o‘tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan qo‘shimcha mehnat shartnomasiga quyidagilar ko‘rsatiladi:

•  to‘liqsiz ish vaqtida – ishning boshlanish va tugash vaqti ko‘rsatilgan kunlik ish soatlari yoki haftalik ish kunlari miqdori;

•  ish vaqti rejimi o‘zgarganda – ishning kunlik boshlanish va tugash vaqti, shuningdek, smenali ishda ishlanadigan va ishlanmaydigan kunlarning navbati.

Xodimni to‘liqsiz ish vaqtiga vaqtinchalik o‘tkazilishida:

•  mehnatga haq ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda to‘lanadi;

•  mehnat ta’tilining davomiyligi saqlab qolinadi.

56 0

O'zbekiston yangiliklari

Shu mavzuga oid yangiliklar

Internet olami haqida 10 ta qizizqarli faktlar
17 0
Masofani o'lchash uchun fotoelektrik sensor
7 0
Smartphone haqida siz bilmagan faktlar
12 0