SpaceX va TESLA kompaniyalari asoschisi - Ilon Mask bir kun ichida hech kim tasavvur qilolmaydigan mablag'dan ayrildi. U 9-sentabr kuni 16,5 million dollar yo'qotdi.
Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro'yhatidan sakkizinchi o'ringa tushdi. Bu xabarni mol-mulkni baholovchi «Forbes Real-Time» ma'lum qildi. Nyu-york birjalardagi aksiyalarning 21,06% ulushini, ya'ni 330,21$ni boy berdi. Tesla kompaniyasi elektromobil bo'yicha dunyoning eng yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Tesla yillik daromadlari 2020-yil 30-iyun natijalariga ko'ra 6,036 million dollarni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 4,94% ga pasaygan.
Ma'lumat o'rnida:Teslaning 2019-yil 30-iyun holatiga ko'ra yillik daromadi 25.708 milliard dollarni tashkil etgan, bu o'tgan yilga nisbatan 3.08% ga oshgan edi